Bundestag yaqinda Ashaffenburgda bir guruh bolalarga pichoq bilan hujum uyushtirilgani sabab migratsiya siyosatini kuchaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Germaniya kansleri Olaf Shols immigratsiya qonunlaridagi cheklovlar bo‘yicha ogohlantirdi. «Boshpana olish huquqi bizning huquqiy va qadriyat tizimimizning ajralmas qismidir. Biz uni buzishga haqqimiz yo‘q», dedi u 29 yanvar, chorshanba kuni Bundestagda migratsiya siyosati mavzusidagi hukumat bayonotida.
Federal hukumat rahbari Germaniyada boshpana olish huquqi «shuningdek, natsistlar hukmronligi dahshatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob» ekanligini, zo‘ravonlik, urush va terrordan himoya qilish hamda insonparvarlik va adolat ifodasi ekanligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga, «boshpana olish huquqiga ega bo‘lganlar va u tegishli bo‘lmaganlar o‘rtasida aniq farq bo‘lishi kerak», dedi u.
Germaniya 43 000 dan ortiq kishiga chegarada davlatga kirishga ruxsat bermadi
Germaniya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, mamlakat chegaralarida politsiya tekshiruvlari qaytganidan keyin o‘n minglab odamlarning Germaniyaga kirishiga to‘siq paydo bo‘ldi. Nazorat 2023 yil oktyabr oyida joriy etilganidan beri – avvaliga to‘rtta davlat bilan chegaralarda va 2024 yilning kuzidan boshlab Germaniyaning barcha chegaralarida – 43,5 ming kishiga kirishga ruxsat berilmagan, dedi departament vakili 27 yanvar kuni Berlinda jurnalistlarga.
«Bu noqonuniy kirishlar katta qismining rad etish orqali oldi olinganligini anglatadi», — deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters. Ichki ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, «munozaralarda ko‘pincha bunga e’tibor berilmaydi». Biroq, federal hukumat nuqtayi nazaridan, «butunlay tartibsiz» chiqarib yuborish mumkin emas.
Kun.uz
- Qo'shildi: 30.01.2025
- Ko'rishlar: 213
- Chop etish