Qonun loyihasiga sharh
Bugungi kunda yon-atrofimizda bolalarga nisbatan turli shakllarda zo‘ravonlik qilish holatlari, afsuski, uchrab turadi. Bunday jirkanch holatlar bolalarning ruhiyatiga, salomatligiga hamda o‘ziga va kelajakka bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida maromiga yetkazilmoqda. Ushbu qonun loyihasi mazmun-mohiyati haqida deputat Dilbar Mamajonova bilan suhbatlashdik.
Suhbatimiz davomida mazkur qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tartib-qoidalar, bolalarga himoya orderini berish, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari, oilada bolalarning jismoniy jazolanishini taqiqlash kabi masalalarda so‘z boradi.
Ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchini yoki bog‘chalarda tarbiyachi tarbiyalanuvchini jazolayotgani, urayotgani aks etgan videolarga duch kelamiz. Ta’lim tashkilotlarida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi uchun qanday choralar ko‘riladi, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘lgan-bo‘lmagani qanday nazorat qilinadi? – Bu kabi savollar atrofidagi fikr-mulohazalar suhbatimizdan o‘rin olgan.
Suhbatning to‘liq shakli bilan YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishishingiz mumkin.
Muhtarama Komilova, Nishon Abduvoitov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 18.04.2024
- Ko'rishlar: 1915
- Chop etish