Natijada soʻnggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar boʻyicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, Oʻzbekistonga kelgan yurtdoshlarimizga Qozogʻistonga bormaslik tavsiya qilinadi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati