«Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnalining 3-soni nashrdan chiqdi. U O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan
Jurnalning o'zbek, rus va ingliz tilidagi sahifalaridan yaqinda qabul qilingan va xalqimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ayrim me'yoriy hujjatlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a'zolari A.Saidov, T.Abdusattorov, F.Eshmatova, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi A.Burxanov, xalqaro ekspertlar A.Suleyman, M.Butt, R.Myullerson va boshqalarning dolzarb mavzudagi maqolalari o'rin olgan.
Jurnal mundarijasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. (Jurnalning rus va ingliz tilidagi mundarijalari bilan tanishish uchun saytning tegishli sahifalarini oching).
Tahririyat
- Qo'shildi: 17.09.2019
- Ko'rishlar: 5843
- Chop etish