O‘zbekiston Prezidenti AQSHga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi.
“Endryus” aviabazasida davlatimiz rahbarini AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSH – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.



Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.



Tadbirlar dasturidan AQSH Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham o‘rin olgan.
O‘zA
Ўзбекча
English
Русский