AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ota-onalari hamrohligisiz Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy kelgan yuz minglab voyaga yetmaganlarni alohida ro‘yhatga olish va keyinchalik ularni deportatsiya qilish bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralarni joriy qilmoqda, deb xabar tarqatdi “Reyter” axborot agentligi.
– Tramp ma’muriyati migratsiya agentlariga ota-onasi hamrohligisiz AQSHga kirgan yuz minglab migrant bolalarni kuzatishni buyurdi, bu esa prezidentning ommaviy deportatsiya bo‘yicha sa’y-harakatlarini kengaytirmoqda, -deyiladi maqolada.
AQSH hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan buyon 600 mingdan ortiq muhojir bolalar AQSH-Meksika chegarasini yaqinlarisiz yoki qonuniy vakillarisiz kesib o‘tgan.
O‘zA
- Qo'shildi: 24.02.2025
- Ko'rishlar: 970
- Chop etish