Adliya vazirligida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, prokuratura, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 20-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura nomidan Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Ahmedov va Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘lim prokurori Sh.Tuxtashova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi vakillari bilan gender tenglik va ayollar huquqlari, inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ko‘p tomonlama forumlarda hamkorlik, Umumiy preferensiyalar bosh tizimi (GSP+), penitensiar tizimni rivojlantirish, qiynoqlarning oldini olish, OAV va fuqarolik jamiyati vakillarining huquqlarini himoya qilish, din va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, sud-huquq islohotlari xususida muzokaralar olib borildi.
Yevropa Ittifoqi vakillari tomonidan keyingi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilib, bu yo‘nalishdagi islohotlarni va hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida taklif bildirildi.
N.Abduraimova,
O‘zA
- Qo'shildi: 24.06.2024
- Ko'rishlar: 1361
- Chop etish