Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Zöravonlikka qarşi 16 kunlik faollik” global kampaniyasiga start berildi

Har yili 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kunidan 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuniga qadar dunyo böylab “Zöravonlikka qarşi 16 kunlik faollik” global kampaniyasi ötkaziladi.

Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi hamda BMT tuzilmalari hamkorligida uşbu global kampaniyaga rasmiy start beriş marosimi bölib ötdi.

BMT taşabbusi bilan bu yilgi kampaniya “Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi birlaşaylik: jabrlanganlar uçun adolat va himoyani, zöravonlar uçun javobgarlik muqarrarligini taʼminlaylik!” şiori ostida taşkil etilmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanganini taʼkidladi. Prezidentimiz rahbarligida ayollarning taʼlim olişi, munosib mehnat qilişi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi, jamiyat hayoti va davlat boşqaruvida faol iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.

Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş borasida qonunlar qabul qilingani va mexanizmlar joriy etilgani, jumladan, oilaviy zöravonlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangani, jabrlanganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş tizimi yölga qöyilgani taʼkidlandi.

Tadbirda sözga çiqqanlar asosiy eʼtiborni zöravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini tiklaş, ularning xavfsizligini taʼminlaş, huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş, huquqbuzarlarning javobgarligini taʼminlaş masalalariga qaratdi.

“Adolatni taʼminlaş, jabrlanganlarni himoya qiliş va zöravonlik uçun jazosizlikka barham beriş” mavzusida panel muhokama ötkazildi. Unda zöravonlikning oldini oliş, jabrlanganlarni himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş va masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan takliflar bildirildi.

Global kampaniya doirasida mamlakatimizning barça hududlarida, mahallalar, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida tarğibot tadbirlari, davra suhbatlari va öquv seminarlari taşkil etiladi.

Ijtimoiy videoroliklar, intervyular, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlar orqali aholining huquqiy xabardorligini oşirişga ham alohida eʼtibor beriladi.

N.Abduraimova, ÖzA

Nashr sanasi 25.11.2026 Ko'rishlar 115
Ulashish