Hujjat bilan uluşli quriliş sohasidagi munosabatlar, iştirokçilarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining vakolatlari hamda ular örtasidagi hamkorlik tartibi belgilanmoqda.
Eʼtiborlisi, Prezidentning 2025-yil 27-yanvardagi farmoni bilan uluşli qurilişda eskrou tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Xususan, 2025-yil 1-iyuldan uluşdorlar mablağlarini eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş ixtiyoriy asosda yölga qöyilgan. 2026-yil 1-yanvardan esa mablağlarni faqat eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş belgilangan.
Yangi qonun loyihasida uşbu tizimning huquqiy asoslari va fuqarolar mablağlarini himoya qiliş kafolatlari mustahkamlanmoqda.
Yaʼni xaridorning puli bankda saqlanadi. Quruvçi esa uy-joyni belgilangan talablar asosida qurib, foydalanişga topşirganidan keyingina uşbu mablağlarni oladi.
Qonun loyihasiga köra, quruvçi aholidan mablağ jalb qilişi uçun bir qator talablarga javob berişi kerak. Jumladan, u Yagona axborot tizimida röyxatdan ötişi, vakolatli bank bilan boş bitim tuzişi va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilişi lozim.
Şuningdek, uluşli iştirok etiş şartnomasi notarial tasdiqlanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi. Şartnomaga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar ham notarial tasdiqlanişi şart. Bu bir xonadonni bir neça kişiga sotiş yoki norasmiy qöşimça kelişuvlar orqali şartnoma şartlarini özgartiriş kabi holatlarning oldini olişga qaratilgan.
Agar quruvçi qonun talablarini buzgan holda fuqarolardan mablağ jalb qilsa, uluşdor uşbu pulni qaytarişni hamda undan foydalanilganlik uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega böladi.
Qonun loyihasida quriliş loyihalarini öz vaqtida yakunlaşga qaratilgan mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini taʼminlaş imkoniyatlari yaratiladi.
Deputatlar tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida kiritilgan muhim özgartirişlardan biri — uyni topşiriş muddati buzilganda obyektni muammoli deb topiş uçun yana olti oy kutiş talabining bekor qilinişi böldi.
Şuningdek, quruvçining mavjud kamçiliklarni bartaraf etmasdan, faqat tovon tölaş orqali muammoli obyektlar reyestridan çiqib ketişiga yöl qöyilmasligi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, uluşli qurilişga oid maʼlumotlar Yagona axborot tizimiga joylaştiriladi. Bu orqali fuqarolar quruvçi, quriliş obyekti va loyihaning amalga oşirilişi haqidagi maʼlumotlar bilan tanişiş imkoniga ega böladi.
Qonun loyihasini takomillaştiriş jarayonida deputatlar qurilayotgan köp kvartirali uylarga bir neça bor borib, quriliş jarayonlari va uluşdorlar bilan işlaş holatini örgangan. Şuningdek, fuqarolar, quruvçilar, bank-moliya tizimi vakillari va boşqa manfaatdor tomonlarning takliflari inobatga olingan.
Yangi tartiblarning amaldagi qurilişlarga taʼsiri böyiça ham ötiş qoidalari belgilanmoqda. Jumladan, qonun kuçga kirganidan keyin qurilişi uçun ruxsatnoma olingan obyektlarga nisbatan uning talablari tatbiq etilişi nazarda tutilgan.
Mazkur qonunning qabul qilinişi uluşli quriliş bozorida şaffoflikni oşiriş, quruvçilar masʼuliyatini kuçaytiriş va fuqarolarning uy-joy sotib oliş uçun kiritgan mablağlarini himoya qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
