Pekin shahrida "Ayollar masalalari bo‘yicha Global yetakchilar yig‘ilishi-2025" anjumani tashkil etildi.
Dunyoning barcha rivojlangan davlatlaridan mas’ullar, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda gender tenglik, raqamli imkoniyatlar, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, xotin-qizlarning davlat boshqaruvi hamda qaror qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Zo‘ravonlik va kamsitishdan xoli hayot sari qadam tashlashni ta’minlash ham asosiy mavzular qatoridan o‘rin oldi.
Qayd etilishicha, bu yilgi yig‘in 30 yil muqaddam Pekinda bo‘lib o‘tgan BMT To‘rtinchi jahon xotin-qizlar konferensiyasida belgilangan tamoyillarni qayta tasdiqlash va ayollar faolligini oshirish yo‘lidagi global hamkorlikni mustahkamlash imkoniyati sifatida e’tirof etildi.

Xalqaro sammitda O‘zbekistondan ham rasmiy delegatsiya ishtirok etdi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
Pekin, Xitoy
- Qo'shildi: 13.10.2025
- Ko'rishlar: 58
- Chop etish