Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

HAR BIR IŞDA DUOGÖY NURONIYLARIMIZ

1-oktyabr-– Xalqaro keksalar kuni 

 

Dono xalqimiz: “Inson – ğanimat”, deydi. Darhaqiqat, biz uçun ota-bobolarimiz, faxriylarimizning hayoti ham ğanimat. Qariyalar qadr topgan yurtda mehr-oqibat, qut-baraka, tinçlik-xotirjamlik doim barqaror böladi.

Bu foniy dunyoda heç narsa abadiy emas. Hozirgi yoşlar ham bir kuni keksalik ostonasidan hatlab, izlaridan kelayotgan yangi yoş avlodga joy böşatadilar.

Keksalik davri – bolalik va yoşlik davrlari kabi hayotning tabiiy hamda uzviy bosqiçidir. Birgina farq şundaki, inson bolalik va yoşlik yillarida kuç-qudrat hamda azm-u şijoatga töla bölsa, aksinça, keksalik davrida jismoniy faoliyat mezoni kamayişi va kuç-qudratning zaiflanişi bilan yuzma-yuz keladi.

Qur’oni karimning “Rahmon” surasida “Yaxşilikning mukofoti – faqat yaxşilikdir” oyati zikr etilgani bejiz emas. Keksalarga hurmat, muhtojlarga mehr-muruvvat körsatiş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Şu ma’noda, 1-oktyabr-– Xalqaro keksalar kuni mamlakatimizda bu gal yanada keng va sermazmun nişonlangani tabiiy.

Ma’lumki, uşbu xalqaro sana-1990-yil-14-dekabrda BMT Boş Assambleyasining 45-sessiyasida ta’sis etilgan. Şuningdek, bu borada-1982-yili Keksalik muammolari böyiça Vena harakatlar rejasi;-1991-yili BMTning Keksalarga muomala-munosabat prinsiplari;-1992-yili Keksalik muammolari böyiça deklaratsiya;-2002-yili Keksalik muammolari böyiça Madrid harakatlar rejasi qabul qilingan.

Ayniqsa, oxirgi xalqaro hujjat XXI asrda aholi yoşining keksayib borişi muammosiga yeçim topişda tom ma’nodagi dasturilamal böldi. Zotan, bugungi kunda rivojlangan davlatlar aholisi tarkibining örtaça 25 foizi keksa avlod vakillaridan iborat va uşbu körsatkiç yil sayin ortib bormoqda.

BMT tahlillariga qaraganda,-2030-yilda sayyoramizdagi 60 yoşdan katta insonlar soni 38 foizga oşadi va qariyb 1,4 mlrd nafardan iborat böladi. Öz navbatida,-2050-yilda dunyodagi har olti insonning bir nafari 65 yoşdan katta keksalardan iborat bölişi taxmin qilinmoqda.

Keksalar sonining jadal sur’atlarda ortişi, afsuski, aholining ayni qatlami vakillariga nisbatan bemehr, ta’bir joiz bölsa, hatto şafqatsiz munosabatda böliş holatlarining ham köpayişiga olib kelişi sir emas. Şuning uçun BMT yoşi uluğ insonlar huquqlari himoyasiga qaratilgan global javob çoralarini köriş zarur, deb hisoblaydi.

BMT mutaxassislarining bu boradagi xulosalari biz yaşab turgan va tobora globallaşib borayotgan dunyoda hamma ham birdek bağrikeng va nuroniyparvar emasligini körsatmoqda. Sayyoramiz aholisining teng yarmi, boşqaça aytganda, zamindoş va zamondoşlarimizning har ikki nafaridan bittasi keksalarga nisbatan salbiy munosabatda ekan.

Bularning barçasi, öz navbatida, keksalarning mavjud ehtiyojlari va aniq muammolarini hal etişga e’tiborni yanada oşirişni taqozo etadi. Şuningdek, aksariyat yoşi uluğ insonlarga zarur şaroitlar yaratib berilsa, ular hali ham jamiyat hayotiga foyda keltirişda davom etişi bilan boğliq imkoniyatlarni hisobga oliş talab etiladi.

Bunday sa’y-harakatlarning negizida, albatta, inson huquqlarini rağbatlantiriş mezonlari mujassam. Nega deganda, dunyoning ayrim manzillarida bu boradagi ahvol şundayki, işxonalarda navqiron xodimlarga yaratilgan imtiyoz va yengilliklardan köpinça yoşi uluğ insonlar mahrumdir.

Işçi-xodimlarning öqiş-örganiş va malaka oşiriş imkoniyatlari yoşi ötgan sari keskin kamayib boradi. Eng yomoni, yoş va jinsga boğliq kamsitişlar, xususan, eydjizm illati keksalarning ahvolini yanada murakkablaştirmoqda.

Eydjizm – insonni yoş belgisi böyiça kamsitiş holatini ifodalaydigan xalqaro tuşunça. Bu haqda fikr yuritganda, tanganing ikkinçi tomoni ham borligini unutmaslik kerak. Gap şundaki, eydjizmdan yoşlarning özlariyam aziyat çekmoqda. Bunda, albatta, tibbiy xizmatdan foydalaniş, turar-joyga ega böliş va siyosiy hayotda iştirok etiş kabi masalalarda yoşi uluğlarning qöli ustunroq ekani nazarda tutilmoqda.

Xalqaro hamjamiyat eydjizm illatiga qarşi faol kuraş olib boriş zarurligini ta’kidlab kelayotgani bejiz emas. Binobarin, insonning yoşiga qarab yondaşuv borasida ildiz otgan nomaqbul munosabatlar inson huquqlari buzilişiga olib kelişi mumkinligidan hamişa ogoh böliş darkor.

Şu nuqtayi nazardan, keksalarni qadrlaş uçun bundan-36-yil ilgari alohida bir kunning jahon kölamidagi bayram sanasi sifatida rasman belgilab olinganidan asosiy maqsad navqiron avlodga nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz doimo alohida ğamxörlik, mehr-muhabbat va parvarişga muhtojligini eslatib turişdir.

Binobarin, BMT Boş Assambleyasining-2011-yildagi rezolyutsiyasi bilan yana bir xalqaro sana, ya’ni 15-iyun-– Butunjahon keksalarga nisbatan suiiste’molliklar haqidagi axborotlarni tarqatiş kuni ta’sis etilgani bejiz emas. Har yili şu sanada butun dunyoda keksa avlodga mansub ayrim yoşi uluğ insonlar iztirobli muammolarga duç kelayotganlari nomaqbul ekani haqidagi ma’lumotlarni keng yoyiş an’anaga aylangan.

Ekspertlarning fikriça, keksalarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş holatlariga qarşi kuraşiş böyiça yondaşuvlar madaniy mezonlarga tayanişi va bunda har bir alohida holatga taalluqli tahdid omillari inobatga olinişi maqsadga muvofiqdir. Rivojlanayotgan  va rivojlangan mamlakatlarda ham keksalarga nisbatan şafqatsiz munosabat birdek kuzatilgani holda, afsuski, bu haqdagi ma’lumotlar global miqyosda juda kam tarqaladi.

Ayni muammoning global kölami noaniq bölib qolayotganiga qaramay, uning ijtimoiy va ma’naviy ziyoni kundek ravşan. Şu bois dunyo miqyosida keksalarning huquqlarini himoya qiliş böyiça har tomonlama ta’sirçan çoralar körişga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, “Keksa insonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatga qarşi kuraşiş: BMTning 2021-2030-yillarga-möljallangan soğlom keksayiş ön yilligining beş ustuvor yönalişi” mavzusidagi ma’ruza e’lon qilingani muhim ahamiyatga ega.

BMT tomonidan har yili Xalqaro keksalar kuni doirasida qariyalarni himoyalaş, ularning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş maqsadida turli festival va tanlovlar ötkaziladi. Qolaversa, jahon miqyosida nuroniylar hayotini yaxşilaşga qaratilgan BMTning Keksalik muammolari böyiça maqsadli jamğarmasi ham faoliyat körsatib turibdi.

Bu borada mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr yuritganda, birinçi navbatda, Prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan davlat siyosatida keksalarni e’zozlaş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda nuroniylarimizning boy hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida foydalaniş masalalari eng ustuvor yönalişlardan hisoblanişini ta’kidlaş lozim. Davlatimiz rahbarining bu boradagi qaraşlari mazmun-mohiyatining asosiy tamoyillariga muxtasar töxtalamiz.

Birinçi tamoyil: “Keksalarni qadrlaş — milliy qadriyat”. Prezidentimiz öz ma’ruza va nutqlarida yoşi uluğ insonlarga ğamxörlik qiliş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan muqaddas burç ekanini muntazam ta’kidlab kelmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari uqtirişiça, “Keksalarni e’zozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoşi uluğ insonlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş, salomatligini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e’zozlagan kam bölmaydi”[1].

Ikkinçi tamoyil: “Heç kim mehr va e’tibordan çetda qolmasin”. Bu örinda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yurtimizda ijtimoiy himoya tizimi mutlaqo yangi bosqiçga kötarilganini e’tirof etiş darkor. Ayniqsa, yolğiz keksalar, uruş va mehnat faxriylari, “Saxovat” uylarida yaşayotgan otaxon va onaxonlarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularni bepul sanatoriylarda soğlomlaştiriş tizimi yölga qöyildi.

Millat Sardori ta’biri bilan aytganda, bemor insonlarga e’tiborni qançalik oşirsak, ular yanayam soğayadi. Şuning uçun yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar oliş tizimi tobora e’tibor kuçaytirilmoqda.

Uçinçi tamoyil: “Bir nuroniy ön yoşga mas’ul”. Gap şundaki, Özbekiston Prezidenti keksa avlod vakillarini nafaqat nafaqadagi insonlar, balki jamiyatning ma’naviy ustuni va yoşlar uçun ibrat maktabi deb biladi. Şu bois mahallalarda keksalarning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan tizimli loyihalar joriy etildi.

Ayni tamoyil asosida tajribali keksalar yöldan adaşgan yoki kömakka muhtoj yoşlarga ustoz sifatida biriktirildi. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari orqali oilaviy ajrimlarning oldini oliş va soğlom muhitni asraşda ularning boy tajribasidan foydalanilmoqda.

Ya’ni, Prezidentimizning bu boradagi siyosati keksalarga munosabat faqatgina moddiy yordam körsatiş bilan çeklanmay, ularning hayotiy tajribasini, duo va pand-nasihatlarini Yangi Özbekiston ma’naviy poydevorining ajralmas qismi sifatida qadrlaşni ham közda tutadi

Ayni çoğda, keksalarimizga ğamxörlik körsatiş masalasi yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida mustahkamlab qöyilgan. Xususan, Asosiy qonunimizning 46-moddasiga muvofiq: “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yöqotganda, işsizlikda, şuningdek boquvçisini yöqotganda va qonunda nazarda tutilgan  boşqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boşqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emas”.

Öz navbatida, davlatimiz rahbari tasdiqlagan “Özbekiston – 2030” strategiyasining 19-maqsadi soğlom va faol keksalikni ta’minlaşdir. Uşbu Strategiyani “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi böyiça amaliy tadbirlar rejasiga köra, bir tomondan, har yili 60 va undan katta yoşdagi aholini soğlomlaştiriş, ikkinçi tomondan, katta yoşdagi aholi orasida töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik va yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi böyiça individual va ommaviy tarğibot tadbirlarini ötkaziş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.

Şuningdek, “Özbekiston – 2030” strategiyasining 26-maqsadi asosida nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiborida turibdi. Jumladan, “Heç kim mehr va e’tibordan çetda qolmasin” şiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan keksalar va nuroniylar hamda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va uruş orti mehnat faxriylari holidan muntazam xabar olinmoqda.

Joriy yil davomida yurtimizning diqqatga sazovor joylarga, tarixiy şaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning sölim göşalariga 1,5 million nafar nuroniylarning sayohatlarini taşkil etiş çoralari körilmoqda. Mahallalarda, öquv yurtlarida, taşkilot va idoralarda yoşlar, şuningdek, uyuşmagan, tarbiyasi oğir, muammoli yoşlar va kam ta’minlangan oilalardagi yoşlar örtasida, şuningdek, harbiy qismlarda harbiy xizmatçilar örtasida keksa avlod vakillari iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari ötkazilayotgani ham juda muhim.

Yana bir muhim dalil: Mustaqillik bayrami arafasida Prezident Farmoni asosida yurtimizning turli hududlaridan bizga Yaratgandan kuç va madad tilab turgan, har bir işda duogöy muhtaram otaxon va onaxonlarimizdan 100 yoşdan oşgan 14 nafarini davlat mukofoti – «Şuhrat» medali bilan taqdirlaş yaxşi an’anaga aylandi.

Şu bilan birga, mamlakatimizda 100 yoşga kirgan va undan oşgan fuqarolar pensiyasiga pensiyani hisoblaşning bazaviy 100 foizi miqdorida qöşimça pul tölanadi. Qolaversa, “Nuroniy” jamğarmasi tizimida keksalarimizni har tomonlama va muntazam rağbatlantirib boriş böyiça keng qamrovli amaliy işlar yölga qöyilgan.

Xulosa qilib aytganda, Yangi Özbekistonda bunday ezgu amallarning kölami yanada kengaymoqda. Mehnat jamoalarida pensiyaga çiqiş arafasida bölgan mehnat faxriylarini taqdirlaş va nafaqaga kuzatiş amaliyoti joriy etildi. Korxona va taşkilotlarda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar  xonadonlarida bölib, ularni bayram bilan qutlaş bahonasida hollaridan xabar  olinmoqda. Ta’lim muassasalarida Öqituvçi va murabbiylar kuni hamda Xalqaro keksalar kuni munosabati bilan faxriy ustozlar taklif  etilib, ular uçun bayram tadbirlari taşkil etilmoqda.

Şu bilan birga, “2022-2026-yillarga-möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida ham ayni yönalişda muhim çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bularning barçasi, şubhasiz, mamlakatimizda keksalarni e’zozlaş, har bir ezgu işimizda duogöy nuroniylarimizning hurmatini joyiga qöyiş tom ma’noda davlat siyosati darajasiga kötarilganini yaqqol tasdiqlaydi.

 

Ğulom Mirzo

«GULISTON» jurnalining-2026-yil 5-soni

 

[1] Prezident Namangan viloyatiga taşrifi doirasida "Nuroniy" jamğarmasining Namangan viloyati bölimi yangi binosi va "Nuroniylar maskani" bilan tanişdi / https://sputniknews.uz/20170708/5780592.html

Nashr sanasi 10.11.2026 Ko'rishlar 111
Ulashish