23-noyabr kuni poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida xuddi şu şior asosida Özbekiston ziyolilari kengaşi yiğilişi öz işini boşladi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva iştirok etdi.
Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan mazkur Kengaş mamlakatda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning intellektual salohiyati, tajribasi va taşabbuslarini umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriş, ularning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytirişga qaratilgan. Kengaşning yalpi majlisi va yettita şöbasida milliy taraqqiyotimizning ğoyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Sözga çiqqanlar ta’kidlaganlaridek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ziyolilar, olimlar va ijod ahlini qöllab-quvvatlaş, ularning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslarini davlat va jamiyat boşqaruvida inobatga oliş masalalariga doimo alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, «Ziyolilarimiz, olimlarimiz, ijodkorlarimiz — jamiyatimizning oltin fondi, xalqimizning ma’naviy ustunidir. Ularning fikri, taklif va taşabbuslari biz uçun doimo muhim va qadrli».
Özbekiston ziyolilari kengaşi yiğilişining oçiliş marosimida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov ham qatnaşdi. A.Sadiovning fikriça, bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda ziyolilar qatlamining alohida örni bor. Zero, har bir sohaning yetuk mutaxassisi, öz işining fidoyisi ham ziyolidir.
Kengaşning yanada muhim ahamiyati şundaki, ziyolilar faqat kuzatuvçi yoki islohotlar haqida ma’lumot beruvçi emas, balki ana şu şiddatli yangilanişlarning tub mazmuni va natijasiga daxldor taşabbuskor kuç sifatida maydonga çiqmoqda. Bu jarayonda “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” ğoyasi ilgari surilayotgani bejiz emas.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
