Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2022 – yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik institutiga qabul e’lon qiladi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi  2022 – yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik institutiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

 

Ixtisoslik shifri

Ixtisoslik nomi

Tayanch doktoranturaga qabul kvotasi

Doktoranturaga qabul kvotasi

Mustaqil izlanuvchilikka qabul kvotasi*

12.00.10

Xalqaro huquq

2

1

-

12.00.13

Inson huquqlari

2

-

-

12.00.01

Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi

2

-

-

Jami

6

1

-

* Mustaqil izlanuvchilikka aniq kvota miqdori belgilanmagan bo‘lib, Qabul komissiyasi suhbatidan o‘tgan talabgorlar qabul qilinadi.

 

Tayanch doktorantura

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega talabgorlarlar qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

 

Doktorantura

 

Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega talabgorlarlar qabul qilinadi.

 

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa – suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Mustaqil izlanuvchilik (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun)

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka magistr diplomga va belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar.

 

Mustaqil izlanuvchilik (fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun)

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari uchun) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplomi nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar http://phd.mininnovation.uz veb – sahifasi orqali joriy yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha onlayn qabul qilinadi.

 

Hujjatlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi qabul komissiyasi tomonidan joriy yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

 

Telefon: 71-239-48-06

 

Elektron manzil: kengash@nhrc.uz

 

Sayt: http://www.insonhuquqlari.uz/

 

Eslatma: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

Powered by GSpeech