Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon: “Kichik-o‘rta kuchlar” o‘z ta’sirini qanday oshirmoqda

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon yirik davlatlarga nisbatan cheklangan resurslariga qaramay, ayrim strategik sohalarda sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir davlatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlarni “Kichik-o‘rta kuchlar” deb atash mumkin, deyiladi “Financial Times” e’lon qilgan maqolada.

Global kun tartibini shakllantirmaydigan, ammo ta’sirning o‘ziga xos vositalari bilan qurollangan bu uch davlat energetika, transport yo‘llari, mintaqaviy xavfsizlik, vositachilik, moliya va texnologiyaga, shuningdek qulay geografik joylashuvga ega, xalqaro maydonda muhim o‘rin egallagan.

Maqolada Markaziy Osiyoning eng aholisi ko‘p mamlakati sifatidagi demografik vazni va markaziy geografik joylashuvi O‘zbekistonga mintaqaviy savdo va diplomatiyaga ta’sir ko‘rsatish uchun tobora ko‘proq imkoniyat yaratganiga urg‘u berilgan. Neft va uranga boyligi, shuningdek Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgani Qozog‘istonga mintaqadan ancha tashqariga chiqadigan ta’sir bergan. Ozarbayjon esa energiya resurslarini eksport qiladi, Sharq-G‘arb savdo yo‘lida joylashgan va Janubiy Kavkaz siyosati hamda xavfsizligida muhim o‘rin tutadi.

O‘rta yo‘lak Boku amalda qanday ishlashini ko‘rsatadi. Ozarbayjon va Qozog‘iston Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi ushbu yo‘nalishning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi, O‘zbekiston ham bu juftlikka faol qo‘shilmoqda.

оз1

Rossiya orqali o‘tadigan shimoliy yo‘nalishga qaraganda murakkabroq va juda qulay emasligi aytiladigan mazkur loyiha hukumatlar va biznesga muqobil variant taklif etadi. Uchala davlat Markaziy Osiyodan qayta tiklanadigan quvvat Ozarbayjon orqali tashiladigan Kaspiy yashil quvvat yo‘lagini rivojlantirmoqda. Shu tariqa mintaqalar Yevropa bilan Qora dengiz ostidan o‘tadigan sim orqali bog‘lanadi.

Binobarin, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonning ahamiyati faqat Rossiya, Xitoy va G‘arb o‘rtasidagi raqobat nuqtai nazaridan muhim, deyish to‘g‘ri emas. Bu mamlakatlar Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar bilan bir vaqtning o‘zida munosabatni saqlab, ko‘p qirrali siyosat yuritmoqda. Bunday strategiya tanlash, mavqeni saqlab qolish va yagona tashqi kuchga haddan tashqari qaramlikdan qochish imkonini beradi.

Bokuning 2024-yil dekabr oyida yuz bergan “AzAL” samolyoti halokatidan keyingi munosabati ayni fikrga yorqin misol.

оз3

Rossiyaning anchayin kuchli siyosiy va harbiy ta’siriga qaramay, Ozarbayjon Moskvadan javobgarlikni tan olish, aybdorlarni jazolash va tovon to‘lashni talab qildi. Keyinchalik RF o‘z havo mudofaasi tizimi aybini tan oldi va badal to‘lashga rozi bo‘ldi.

Xullas, yirik kuchlar o‘z resursi, yo‘nalishi yoki kirish nuqtalarini talab qiladigan joyda “kichik-o‘rta kuchlar” ta’siri ham paydo bo‘ladi. Bu Ozarbayjon uchun energiya, O‘rta yo‘lak va geografik joylashuv, Qozog‘iston uchun neft, uran va tranzit, O‘zbekiston uchun esa aholi, bozor va markaziy joylashuvdir.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 20.08.2026 Ko'rishlar 99
Ulashish