Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiyaning navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Senat Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva boşqargan majlisda joriy yilning ötgan davri mobaynida odam savdosiga qarşi kuraşiş, mehnat huquqlarini himoya qiliş va munosib mehnat tamoyillarini taʼminlaş borasida amalga oşirilgan işlar atrofliça tahlil qilindi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik, Içki işlar, Soğliqni saqlaş vazirliklari, “Özbekipaksanoat” uyuşmasi, hududiy komissiyalarning axborotlari eşitildi.

Mehnat munosabatlari sohasida milliy qonunçilikni Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT)ning konvensiyalari talablariga muvofiqlaştiriş, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida muayyan natijalarga erişilgani qayd etildi. Jumladan, kasaba uyuşmalari taşkilotlarini taşkil etiş tartibini yengillaştiriş, mehnat sohasida kamsitiş va tazyiqning oldini olişga qaratilgan qonunçilik hujjatlari qabul qilindi. Fermer xöjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, mehnat xavfsizligini taʼminlaş, norasmiy bandlikni qisqartiriş huquqiy asoslari takomillaştirildi.
Odam savdosiga qarşi kuraşiş yönalişida qonunçilikni takomillaştiriş, jabrlangan şaxslarni himoya qiliş va ularga ijtimoiy xizmatlar körsatiş mexanizmlarini kuçaytirişga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Ayrim yönalişlarda saqlanib qolayotgan masalalar alohida tahlil qilindi. Xususan, taʼlim muassasalarida mehnat qonunçiligi buzilişi, işlab çiqarişda mehnat xavfsizligi talablariga rioya etmaslik holatlari körib çiqildi. Ipakçilik tarmoğida mehnat munosabatlarini takomillaştiriş, sohada band bölgan şaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlaşga qaratilgan işlar tahlil qilindi.
Raqamli texnologiyalar va Internet platformalaridan foydalangan holda fuqarolarni soxta iş takliflari orqali aldaş, ularni odam savdosiga yollaş, mehnat va boşqa şakllarda ekspluatatsiya qiliş, şuningdek, turli jinoiy harakatlarga jalb etiş holatlari yangi xavf-xatarlarni yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Şu bois odam savdosining oldini oliş borasida zamonaviy yondaşuvlardan keng foydalaniş, tarğibot va taşviqot işlarini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Majlisda Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari talablaridan kelib çiqib, milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş böyiça “yöl xaritasi” hamda inson huquqlariga oid xalqaro konvensiyalar normalarini milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş böyiça çora-tadbirlar rejasi loyihalari körib çiqildi. Uşbu hujjatlar ijrosini taʼminlaşda Senat qömitalari iştirokini kuçaytiriş, har bir konvensiya böyiça alohida işçi guruh taşkil etiş, milliy qonunçilikdagi böşliq va nomuvofiqliklarni aniqlaş hamda tegişli qonunçilik takliflarini işlab çiqiş belgilandi.
Yiğiliş yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, vazirlik va idoralar, hududiy komissiyalar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Norgul Abduraimova,
Nosirjon Haydarov (surat),
ÖzA
