Oʻzbekiston Global Ochlik Indeksi boʻyicha mintaqada yetakchi boʻldi

Global Hunger Index (GHI) 2024-yilgi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat 2021–2023-yillarda 21 ball bilan Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdi.

Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yetakchilik qilmoqda. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi siyosiy va institutsional yondashuvlarining samaradorligini koʻrsatadi.

2024-yil holatiga koʻra Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar reytingi:

  • Qozogʻiston – 25 ball
  • Qirgʻiziston – 36 ball
  • Tojikiston – 65 ball
  • Turkmaniston – 50 ball

2020-yilga nisbatan GHI dinamikasini tahlil qiladigan boʻlsak:

  • Tojikiston – eng ogʻir holatda, oxirgi uch yil ichida indeks 62–67 ball oraligʻida boʻlib, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolar mavjud.
  • Qozogʻiston – 2020-yilda 21 ball bilan boshlagan, biroq 2021-yilda indeks 28 ballgacha koʻtarilgan, hozirda esa 24–25 atrofida barqarorlashgan. Bu oziq-ovqat xavfsizligida muayyan tahdidlar borligini anglatadi.
  • Qirgʻiziston – asta-sekin ijobiy oʻzgarishlar mavjud: indeks 42 dan 36 gacha pasaygan.
  • Turkmaniston – 2020-yildan buyon 48–52 ball oraligʻida saqlanib qolmoqda, bu esa barqaror, biroq muammoli vaziyatni bildiradi.

Global Hunger Index qanday hisoblanadi?

GHI har yili xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadi va bolalar oʻlimi, oʻsishdan qolish, kam vaznlik va aholi orasida yetarli ovqatlanmaslik kabi koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi.

U oziq-ovqat xavfsizligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholaydi:

  • Ovqatlanish sifati va yetarli darajadagi isteʼmol
  • Bolalar salomatligi va oʻsish surʼatlari
  • Umumiy sogʻliq va ijtimoiy infratuzilma holati

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech