Shveysariyada O‘zbekiston Respublikasining BMT bo‘limi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov va Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
5-9 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilingan muloqot davomida tomonlar asosiy e’tiborni tashkiliy masalalar, xususan tadbir dasturi va ishchi organlar yig‘ilishlari kun tartibiga qaratildi.
Bosh kotib qayd etganidek, mazkur nufuzli anjuman bosh mavzu – “Parlament harakati ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun” nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, martabali mulozim O‘zbekiston parlamenti tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholab, mavjud masalalarni tezkor hal qilishga amaliy yondashuv uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zA
- Qo'shildi: 05.03.2025
- Ko'rishlar: 320
- Chop etish