Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Uchrashuvda xalqlarimizni oʻzaro ishonch va hurmat asosida taraqqiyot va farovonlikka intilish birlashtirayotgani alohida taʼkidlandi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston bilan eng yaqin qoʻshni va strategik hamkor sifatida munosabatlarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.
Chegara masalalari boʻyicha muvaffaqiyatli kelishuvlar, milliy ID hujjatlarini oʻzaro tan olish, qoʻshma korxonalar hamda Qambarota GES-1 va Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli kabi yirik umumiy loyihalar buning yaqqol tasdigʻidir.
Uchrashuvda mamlakatlarimizda oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyini musobaqalari ham eʼtirof etildi. Bu loyiha yoshlarimiz oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan juda samarali tashabbus sifatida qayd etildi.
Oʻzbekiston va Qirgʻizistonni asrlar davomida shakllangan qardoshlik va qoʻshnichilik rishtalari birlashtirib turadi. Biz ularni qadrlaymiz va kelgusida yanada mustahkamlaymiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻz sahifasida.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech