So‘nggi o‘n yilda dunyo bo‘ylab oliy jazo qo‘llanishi eng yuqori darajaga chiqdi

2024 yil dunyo bo‘ylab 1518 marta o‘lim jazosi hukmi ijro etilgan. Bu 2015 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Xalqaro afv hisobotida keltirilishicha, endilikda qatl nafaqat jazo sifatida, balki namoyishchilar va etnik ozchilikka bosim o‘tkazish usuli sifatida ham tez-tez qo‘llanyapti.

Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p oliy jazoni Eron, Saudiya Arabistoni, Iroq va Yaman amalga oshirgani ma’lum. Xitoy bu borada yetakchilikni saqlab qolgani, ammo rasmiy ma’lumot yashirinligi tufayli ayni amaliyot raqamlarda aks etmagani qo‘shimcha qilingan.

Garchi, xalqaro huquq giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatni o‘lim jazosi uchun asos sifatida tan olmasa-da, sayyoramizda qatl etilganlarning deyarli yarmi shunday qilmishi uchun javobgarlikka tortilgan.

O‘zA

Powered by GSpeech