Sun’iy intellekt insoniyat uchun taxdidmi?

Notijorat Mashina razvedkasi tadqiqot instituti – “Machine Intelligence Research Institute” rahbari, “Google” va “Microsoft”ning sobiq muhandisi Neyt Soares fikricha, sun’iy intellekt hozirgi sur’atda rivojlansa, insoniyat yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli “kamida 95 foiz” ekan. Britaniyaning “Times” gazetasi shunday yozgan.

Maqolada ta’kidlanishicha, mutaxassis vaziyatni yuqori tezlikda qoya tomon harakatlanish bilan qiyoslagan.

– Yo‘q, mashinani to‘xtata olmaymiz, demayapman, lekin biz bor tezlikda qoya tomon shoshyapmiz, – deya uning so‘zlarini keltirgan nashr.

Times привёл шокирующие показатели вyerоятности вымирания человечестva из-за  ИИ | 01.08.2025 | Подмосковье - БезФормата

Ehtimoliy bir ssenariyga ko‘ra, sun’iy intellekt “biologik qurol yaratib ulkan shaharlar bo‘ylab tarqatishi mumkin. Bu esa hech kimga sezdirmasdan qariyb hammani zaharlash ehtimolini yuzaga keltiradi.

2024 yil BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham sun’iy intellekt insoniyat uchun ekzistensial xavf tug‘dirishi, davlatlar kech bo‘lmasdan yasama ongni tartibga solishi kerakligini aytgandi.

Журнал Международная жизнь - Guterrish заявил о подрыве авторитета СБ ООН  из-за резолюции по сектору Газа

Sun’iy intellekt rivoji bo‘yicha faol tadqiqot olib borayotgan amerikalik tadbirkor Ilon Mask ta’kidlashicha, universal sun’iy intellekt (SI) yaratilgandan keyin dunyo simulyatsiyaga aylanadi. Uning fikricha, SI o‘z-o‘zini anglash va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lganda dunyo simulyatsiyaga o‘xshab qoladi va yer yuzida odam yordamchi belgi sifatida ishlay boshlaydi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri kuchli yoki umumiy intellekt deb ham ataladigan universal sun’iy intellekt (AGI) yaratilsa, “biz shunchaki simulyatsiyada yordamchi qahramonlarga aylanamiz”, deb yozgandi.

Mask, Безос и Арно – в тройке лидyerов: Forbes опубликоvaл список богатейших  людей планеты - Главред

Umumiy sun’iy intellekt qachondir o‘z-o‘zini anglash va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi, degan ishonch bor – bu haqiqat, – deya tashvishli izoh qoldirgan Mask.

Milliarder “Agar SI har qanday vazifani insondan ko‘ra yaxshiroq bajarishni o‘rgansa nima bo‘ladi?” degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

Robot biz uchun ishlasa, odam vaqtini nimaga sarflashi mumkinligi haqida so‘ralganda, Ilon bu holatni nafaqaga chiqish bilan solishtirdi.

– Kompyuter va robot hamma yumushni bizdan ko‘ra yaxshiroq qilsa, hayotimizda biror ma’no qoladimi? – deydi Mask ijtimoiy tarmoq orqali efirga uzatilgan “Stagwell” marketing kompaniyasi direktori Mark Penn bilan suhbatida. – Bu jiddiy savol va men ham shu haqda o‘ylayapman.

Times: Вyerоятность гибели человечестva из-за ИИ оценили в 95% :: Новости  дня / ВЗГЛЯД

Avvalroq Mask 2025 yil oxirigacha sun’iy intellekt har qanday ishni bajara olishi, 2030 yilga kelib esa barcha insonlarning aql-zakovatidan o‘zib ketishiga ishonch bildirgan edi.

Dunyoni aqllilar boshqaradi – har doim shunday bo‘lgan. Tafakkur taraqqiyotni ta’minlaydi. Endi esa miyasi qandaydir ingichka tolalar, mitti chiplar bilan to‘ldirilgan temirtan, Ilon Mask ta’kidlaganidek, odamlarni yoppasiga “nafaqaga chiqaraman”, deb tursa... Bu o‘ta jiddiy xavotirga sabab bo‘ladigan holat, aslida.

Saidmurod Rahimov,

O‘zA sharhlovchisi

Powered by GSpeech