Turkiya O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston diplomatlari Turkiyaning Anqara viloyati Qahramankazan tumanida joylashgan Angora Ahşap Alüminyum PVC İmalat İnşaat Sanayi ve Ticaret Anonim Şirketi kompaniyasida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda migratsiya sohasini tartibga solish, xorijda ishlayotgan hamyurtlarimiz huquqlari himoyasini ta’minlash, chet elga ishlash uchun borayotganlarni aniq kasblarga o‘qitish bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob oldi.

 Korxona boshqaruv kengashi raisi Axmet Kara bilan kechgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi.

Axmet Kara bugungi kunda korxonada ishlab kelayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan mamnunligini, ularning mehnatsevarligi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishini alohida ta’kidladi. U, shuningdek, korxonada mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Kun.uz

Powered by GSpeech