“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichini 19 pog‘onaga yaxshilab, 167 ta mamlakat orasida 62-o‘rinni egalladi.
Hisobotda qayd etilganidek, O‘zbekiston 2015 yildan buyon Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqalarida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha eng tez surʼatlarda taraqqiyotga erishgan davlat sifatida eʼtirof etilgan.
Hisobotda mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi.
Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, taʼlim va sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, gender tenglikka erishish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli va yashil iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, shuningdek, statistik maʼlumotlarning ochiqligini oshirish sohalarida erishilgan yutuqlar alohida qayd etildi.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasidagi yutuqlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli institutsional va tarkibiy islohotlarning natijasi deb taʼkidladi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 25.06.2025
- Ko'rishlar: 200
- Chop etish