Xolid Al-Ananiy YUNESKO Bosh direktori etib saylandi

Misrlik Xolid Al-Ananiy fransuz Odri Azule o‘rniga 2025-2029 yillar uchun BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori etib  saylandi.

"MENA" rasmiy axborot agentligining xabar berishicha, Misrning sobiq turizm va madaniy meros vaziri Xolid Al-Ananiy tashkilot Ijroiya kengashining 57 a’zo davlatidan 55 tasining qo‘llab-quvvatloviga sazovor bo‘ldi, bu holat tashkilot tashkil etilganidan buyon ushbu lavozim uchun o‘tkazilgan raqobatli saylovlarda olingan eng ko‘p ovozdir.

Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulatiy saylovdan keyingi nutqida Bosh kotibni tabriklab, tashkilot 1945 yilda tashkil etilganidan buyon bu lavozimni egallagan birinchi misrlik va arab ekanligini ta’kidladi.

Xolid Al-Ananiy kim?

Xolid Al-Ananiy 1971 yil 14 martda Qohirada tug‘ilgan. Xelvan universitetining turizm va mehmonxona xo‘jaligi fakultetini tamomlagan. Keyin u Fransiyada o‘qishni davom ettirib, Monpeledagi Pol Valeri universitetida doktorlik darajasini oldi. U o‘ttiz yildan ortiq ma’muriy lavozimlarda ishlagan.

M.Pirmatova, O‘zA

Powered by GSpeech