39 yil muqaddam maktab o‘quvchisini o‘ldirishda ayblanib, turmaga tashlangan va jazoni o‘tayotgan yaponiyalik Shoji Mayekava ishi qayta ko‘rib chiqildi. Yangi tergov natijasida fuqaro oqlandi, deb xabar tarqatgan NHK telekanali.
U o‘tgan davr mobaynida nohaq qamalgani, ish qayta ko‘rib chiqilishi zarurligini ta’kidlashdan bir zum ham to‘xtamagan. Hozir mahbus 60 yoshda.
Tinglov chog‘i qotillik kechasi Shojini qonli kiyimda ko‘rganini aytgan guvohlarning ko‘rsatmasi shubha ostiga olindi. Bundan tashqari tergov avval ko‘z yumgan yangi dalillarda ham tafovut aniqlangan.
Qayd etilishicha, yakuniy hukm chiqargan sudya Mayekavadan ko‘rgan azob-uqubati uchun uzr so‘ragan, Sobiq mahkumning o‘zi esa matbuot anjumanida aybsizligini isbotlay olgani uchun o‘zini yengil his qilganini aytgan.
NHK ta’kidlashicha, Mayekava sud binosiga yana bir sobiq yaponiyalik mahkumning singlisi Ivao Xakamata sovg‘a qilgan shlyapani kiyib kelgan. U ham yarim asrni nohaq qamoqda o‘tkazib, 2025 yil oqlangan edi.
S.Rahimov, O‘zA
- Qo'shildi: 21.07.2025
- Ko'rishlar: 227
- Chop etish