Yaponiyada buvilarni ijaraga berish xizmati ommalashmoqda

Yaponiyada "OK Obaachan" - 60-94 yoshli ayollarni soatiga 3300 iyena - taxminan 20 dollar evaziga yollash imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirildi.

“Client Partners” kompaniyasi tomonidan 2011 yil ishga tushirilgandan buyon  mazkur dastur ishtirokchilari soni 100 nafarga yetdi. Keksa yordamchilar pazandalik, chaqaloqqa qarash, uy yumushlari, xattotlik va hatto ruhiy ko‘mak, jumladan oilaviy kelishmovchilikni bartaraf etishda vositachilik qilish, ajralgan mijozga hamrohlik qilish yoki ota-onaga yordam berish ishlarini bajarmoqda.

Ayni holat yapon jamiyatida yuz berayotgan o‘ziga xos o‘zgarishlarni aks ettiradi. Ya’ni, bu yurtda 65 yoshdan oshgan har to‘rt kishidan biri moliyaviy ehtiyojmand hisoblanadi va mamlakatda "ikigai" nomi bilan mashhur bo‘lgan faol qolish istagi tufayli ishlashda davom etmoqda.

Ushbu xizmat "oilaviy ijara" xizmatining kengroq tushunchaga ega tendensiyasi bir qismi bo‘lib, bunda ijtimoiy ixotalanish yoki oilaviy tartib o‘zgarishi munosabati bilan surrogat qarindosh, do‘st vazifasini ado etish uchun  yollanish mumkin.

G.Sattorova, O‘zA

Powered by GSpeech