Shuningdek, u 84 ming dollarlik pensiya nafaqasidan ham mahrum bo‘ldi. Mamlakat Oliy sudi erkakning xatti-harakati jamoatchilikning mahalliy transport tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishi mumkin deb topdi.
Yaponiyada 29 yil davomida avtobus haydovchisi sifatida ishlab kelgan erkak 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, u 84 ming dollarlik pensiya nafaqasidan ham mahrum bo‘ldi, deb yozadi CBS News.
Qayd etilishicha, 2022 yilda Kioto munitsipal transport byurosi xodimlari kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko‘rib chiqish vaqtida avtobus haydovchilaridan biri yo‘lovchidan olingan 1000 yuanlik (7 dollar) kupyurani yo‘lkira uchun mo‘ljallangan avtomatga qo‘yish o‘rniga, hamyoniga solganini payqab qolgan. O‘z rahbari bilan uchrashuvda erkak aybiga iqror bo‘lmagan.
Natijada, haydovchi ishdan bo‘shatilgan. Unga belgilangan pensiya nafaqasi bekor qilingach, erkak Kioto shahar sudiga murojaat qilgan va dastlabki sud jarayoniga yutqazgan.
Keyinroq apellyatsiya sudi haydovchiga chiqarilgan jazoni haddan ortiq qattiq deya, uni berko qilgan. Ammo Yaponiya Oliy sudi dastlabki qarorni qayta tiklagan va hukumat tarafini olgan. Ta’kidlanishicha, erkakning xatti-harakati jamoatchilikning mahalliy transport tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishi mumkin.
Haydovchi karerasi davomida boshqa mojarolarga aloqadorligi uchun hayfsanlar ham olgan. Masalan, u xizmat vazifasini bajarish chog‘ida, biroq avtobusda yo‘lovchilar yo‘q bo‘lgan paytda, tamaki chekkan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 25.04.2025
- Ko'rishlar: 290
- Chop etish