Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yevropada har ikki xodimdan biri ruhiy bosim ostida

Yevropada ishchilarning qariyb yarmi ish joyida ruhiy salomatligiga ta’sir qiluvchi xavfga duch kelmoqda. Bu haqda ochiq gapirish hanuz qiyin. Yevropa Ittifoqi Mehnat xavfsizligi agentligi hal qilish uchun avval muammoni yashirin holatdan chiqarish kerakligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, xodimlarning 45 foizi ishda ruhiy salomatligiga tahdid soluvchi omilga duch keladi, 44 foizi vaqt tanqisligi va ortiqcha yuklamadan shikoyat qiladi. Nomuvofiq ish soati, kuchli bosim, jamoadagi nizo va tazyiq salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. YeIda ish bilan bog‘liq depressiya sabab kelib chiqadigan xarajat yiliga 100 milliard yevrodan oshadi.

Mutaxassislar ruhiy salomatlikni faqat shaxsiy muammo emas, balki mehnat sharoitining bir qismi sifatida ko‘rishga chaqirmoqda. Buning uchun ish joyidagi xavfni baholash, yuklamani kamaytirish va xodimlarni qaror qabul qilish jarayoniga jalb etish zarur. Yevropa Komissiyasi ham ish beruvchilarga ruhiy bosimni aniqlash va salbiy holatlarning oldini olishda yordam berishga qaratilgan yangi kampaniya boshladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Nashr sanasi 16.10.2026 Ko'rishlar 134
Ulashish