2020 yilning 12-13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini targ'ib qilishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumini videokonferentsiya shaklida o'tkazish rejalashtirilgan.
Forumning maqsadi – yoshlar huquqlarini himoya qilish va ilgari surish uchun xalqaro hamda mintaqaviy vosita va mexanizmlarni takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
“BMT – 75” tashabbuslari doirasida O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar – 2030” Strategiyasida nazarda tutilgan barqaror rivojlanish, inqirozning oldini olish va gender tenglikni ta'minlash, inson huquqlarini amalga oshirish va jahon madaniyatini shakllantirishda yoshlarning muhim rolini muhokama qilishga bag'ishlangan keng miqyosli tadbir o'tkazishni rejalashtirgan.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni taklif qilgan edi. Shunga ko'ra O'zbekistonda yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konventsiya loyihasi tayyorlandi.
Tadbirning o'tkazilish shakli
Forum uch plenar sessiya shaklida bo'lib o'tadi:
1-sessiya – yoshlar huquqlarining xalqaro standartlarini takomillashtirish;
2-sessiya – yoshlar huquqlari va Barqaror rivojlanish maqsadlari;
3-sessiya – inson huquqlari masalalari bo'yicha yoshlar ta'limi.
Forum ishtirokchilari
Faxriy ma'ruzachilar sifatida inson huquqlari bo'yicha BMT Oliy komissari, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi, BMTning yoshlar bo'yicha maxsus elchisi, YeHHTning Inson huquqlari va demokratik institutlar bo'yicha byurosi direktori va boshqa oliy martabali shaxslar taklif etilishi rejalashtirilgan.
Forum ishida BMT, YeI, YeXHT, IHT, Afrika kengashi tizimidagi yoshlar tuzilmalari rahbarlari, inson huquqlari bo'yicha xalqaro milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
- Qo'shildi: 04.08.2020
- Ko'rishlar: 80258
- Chop etish