Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

9-sentabr — Butunjahon qishloq xo‘jaligi kuni

Ushbu kun yerga mehr berib, ishlov beradigan, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydigan barcha dehqon va agrar soha vakillarining mehnatini qadrlash maqsadida nishonlanadi.

Shuningdek, ushbu sana BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil etilgan kun bilan ham bog‘liqdir.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi kunining asosiy maqsadlari shundan iboratki, iqlim o‘zgarishiga moslashish, qishloq xo‘jaligini global iqlim inqirozlari sharoitida barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi, dunyo aholisi son jihatidan o‘sib borayotgan bir davrda xavfsiz va to‘yimli mahsulotlar yetishtirishni ta’minlash, resurslarni tejash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishdan iborat.

G.Boboyeva, O‘zA

Nashr sanasi 09.09.2026 Ko'rishlar 54
Ulashish