Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

EKRAN ORTIDAGI HAQIQAT

Axborot makonida yolğon xabarlar, çalğituvçi ma’lumotlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta tasvir va videolar köpayib borayotgan bir şaroitda televideniye zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda. Bugun haqqoniy va işonçli axborot tarqatiş, jurnalistik etika tamoyillariga sodiq qoliş, inson şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş har qaçongidan ham muhim.

1996-yil 21–22-noyabr kunlari Birlaşgan Millatlar Taşkilotida Birinçi jahon televizion forumi ötkazildi. Uşbu forumda 21-noyabr Butunjahon televideniye kuni deb e’lon qilindi. Taşkilot televideniyeni tinçlik va xavfsizlikka tahdid soluvçi mojarolar, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yoritiş, jahon jamoatçiligi e’tiborini dolzarb masalalarga qaratişda ta’sirçan vosita sifatida e’tirof etdi.

Televideniyening şakllaniş tarixi XX asr boşlariga borib taqaladi. 1930-yillarda olim va muhandislarning izlanişlari natijasida televizorlar amalda qöllanila boşladi. Dastlab ekranlarda oq-qora tasvirlar namoyiş etilgan bölsa, 1950-yillar boşlarida rangli televideniye tizimlari yaratildi. E’tiborli jihati şundaki, köplab manbalarda elektron televideniye tarixi poytaxtimiz Toşkent şahri bilan ham boğlanadi.

Televideniye nafaqat axborot yetkaziş, balki jamoatçilik fikrini şakllantiriş, aholi muammolarini kötariş va ularning yeçimiga kömaklaşişda ham muhim örin tutadi. Televideniyening inson huquq va erkinliklarini ta’minlaşdagi ahamiyati ham beqiyos. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida har bir insonning fikr va söz erkinligi, axborot hamda ğoyalarni izlaş, oliş va tarqatiş huquqi mustahkamlangan.

Huquqiy mavzularni muntazam yoritiş aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, qonun ustuvorligi va inson qadr-qimmatiga hurmatni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Xotin-qizlar, bolalar, yoşlar, keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari manfaatlariga e’tibor qaratiş, nogironligi bölgan şaxslar uçun subtitrlar va imo-işora tili tarjimasidan foydalaniş ham teng axborot imkoniyatlarini ta’minlaşda katta ahamiyatga ega.

Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti televideniye oldiga yangi vazifalarni qöymoqda. Bugun tomoşabin dasturlarni an’anaviy efir bilan birga internet va mobil qurilmalar orqali ham kuzatmoqda. Ayni paytda, yolğon xabarlar va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta materiallarning tarqalişi jurnalistlardan axborotni sinçkovlik bilan tekşiriş, manbalarni soliştiriş va kasb etikasiga qat’iy rioya etişni talab qilmoqda.

Har bir körsatuv ortida insonlarning huquq va manfaatlari, işonçi va umidi turganini unutmaslik kerak.

 

Sevara IŞMURATOVA,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi Umumiy bölim boşliği

«Iste’mol madaniyati» gazetasining 2026-yil 26-noyabr kungi 22 (238)-soni

Nashr sanasi 26.11.2026 Ko'rishlar 15
Ulashish