Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida akademik Akmal Saidov bilan navbatdagi ilmiy uchrashuv

29-sentyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik  Akmal Saidov tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori kutib oldi.

Muloqot chog‘ida yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Buyuk allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar xususida fikr almashildi.

Tashrif davomida mehmonga Markaz ilmiy faoliyati, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari va amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berilib, yaqinda nashr etilgan yangi kitoblar, ilmiy to‘plamlar va tarjima asarlar taqdim qilindi.

Akademik A. Saidov mazkur nashrlarning mazmun-mohiyatini yuqori baholab, ularning ilmiy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Suhbat asnosida Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy komillik ruhida tarbiyalash va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Akmal Saidov jamoaning kelgusi rejalari yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 02.10.2026 Ko'rishlar 49
Ulashish