Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

DIQQAT, TANLOV! ARIZALAR QABUL QILISH BOSHLANDI!

“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” yo‘nalishida milliy innovatsion tashabbuslar tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi!

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi yoshlarni o‘z bilimlari, iste’dodi, ijodiy salohiyati va innovatsion g‘oyalarini namoyish etishga chorlaydi!

 

Tanlovning asosiy maqsadi — bolalar va yoshlar o‘rtasida inson huquqlari ta’limini rivojlantirish, gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya masalalariga e’tiborni kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ilg‘or tashabbuslar va ijodiy ishlanmalarni rag‘batlantirish.

 

KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

Tanlovda belgilangan mezonlarga muvofiq 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

 

TANLOV NOMINATSIYALARI:

1. Eng yaxshi o‘quv kursi — maktabgacha ta’lim, maktablar, kollej va litseylar, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari uchun alohida nominatsiyalar.

2. Eng yaxshi rasm — “Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bolalar nigohida” mavzusidagi ijodiy ishlar.

3. Eng yaxshi videorolik — gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya mavzulariga bag‘ishlangan videomateriallar.

4. Eng yaxshi o‘quv adabiyoti — bosma va elektron shakldagi o‘quv adabiyotlari.

5. Eng yaxshi maqola — ilmiy va ommabop maqolalar bo‘yicha alohida nominatsiyalar.

6. Eng yaxshi bilimdon — gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini namoyish etuvchi ishtirokchilar.

7. Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi — dolzarb muammolarga innovatsion yechim taklif etuvchi tashabbuslar.

 

ARIZALAR QABUL QILISH MUDDATI:

2026-yil-15-noyabrga qadar!

 

TANLOVDA QANDAY ISHTIROK ETISH MUMKIN?

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan namunadagi ariza, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, talab etilgan fotosuratlar hamda tanlov ishlarini elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Arizalar quyidagi ikki usul orqali qabul qilinadi:

Rasmiy veb-portal orqali:

https://konkurs.nhrc.uz/

Telegram bot orqali:

https://t.me/konkurs_nhrc_uz_bot

Ishtirokchilar o‘zlariga mos nominatsiyani tanlab, ariza va tanlov materiallarini belgilangan muddatda yuborishlari mumkin.

Nashr sanasi 19.10.2026 Ko'rishlar 210
Ulashish