23-oktyabr kuni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazining “Inson huquqlari uyi”da “Rivojlaniş huquqi va inson huquqlari: voqelik va istiqbollar” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbir Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taşkil topgan kun hamda BMT Boş Assambleyasi tomonidan 1986-yilda qabul qilingan Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40-yilligiga bağişlandi.
Davra suhbatida Milliy markaz xodimlari, Toşkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) va uning huzuridagi M. Vosiqova nomidagi Akademik litsey talabalari iştirok etdi. Uçraşuvda asosan BMTning taşkil etiliş tarixi, Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning tarixiy ahamiyati va unda belgilangan tamoyillarning bugungi kundagi dolzarbligi masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiya inson huquqlari tizimida tub buriliş yasagan hujjat hisoblanadi. Zero, unda ilk bor rivojlaniş şunçaki iqtisodiy körsatkiç emas, balki har bir insonning ajralmas va daxlsiz huquqi ekani qat’iy belgilangan.
Milliy markaz xodimlari H.Möminov, A.Ramazonov hamda dual ta’lim dasturi asosida amaliyot ötayotgan TDYUU talabalari S.Mamasoliyev va S. Nuriddinovning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzaçilar Deklaratsiya prinsiplari mamlakatimizda oxirgi yillarda izçil amalga oşirilayotgan kambağallikni qisqartiriş siyosati hamda Inson huquqlari milliy strategiyasi bilan töliq uyğun ekanligiga alohida töxtaldilar.
Uçraşuv doirasida yoşlar Milliy markaz va "Inson huquqlari uyi" faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Talabalarga bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib boriş va xalqaro hujjatlar bazasidan foydalaniş uçun yaratilgan zamonaviy raqamli imkoniyatlar hamda boy kutubxona fondi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Oçiq muloqot şaklida ötgan tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga Milliy markaz xodimlari va soha ekspertlaridan atrofliça javob oldilar. Bu kabi uçraşuvlar yoşlarning huquqiy bilimlarini oşiriş va nazariyani amaliyot bilan boğlaşda muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
