Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markaz vakili qoçoqlar huquqlarining xalqaro himoyasiga bağişlangan mintaqaviy öquv seminarida qatnaşdi

20-21-oktyabr kunlari Qozoğiston Respublikasining Olma-ota şahrida “Qoçoqlar huquqlarining xalqaro himoyasi” mavzusida mintaqaviy öquv seminari bölib ötdi. Tadbir BMTning Qoçoqlar işi böyiça Oliy komissari Boşqarmasi (UNHCR) tomonidan taşkil etildi.

Maşğulotlarda asosiy e’tibor qoçoqlar huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro standartlar, bu boradagi himoya şakllari va xalqaro protseduralar haqida ma’lumot berişga qaratildi. Şuningdek, tadbir mavzusi doirasida amaliy maşğulotlar ötkaziş orqali iştirokçilarning bilim va könikmalari mustahkamlandi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili ham iştirok etgan mazkur tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat va nodavlat taşkilotlaridan jami

32 nafar mutaxassis iştirok etdi.

Öquv seminarida qoçoqlar huquqlarini himoya qiliş böyiça asosiy xalqaro standartlar, UNHCR mandati, boşpana va yordam taqdim etişning asosiy tamoyillari, Markaziy Osiyo davlatlarining qoçoqlar huquqlarini himoya qiliş böyiça qonunçiligining şarhi, qoçoqlar maqomini beriş, xalqaro himoya taqdim etiş va milliy xavfsizlikni ta’minlaş masalalari kabi qator mavzular böyiça ma’ruzalar tinglandi.

UNHCR vakillari Özbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro gumanitar huquq tamoyillari doirasida olib borayotgan siyosatiga ijobiy baho berdilar.

Işçan ruhda ötgan öquv seminari qoçoqlar huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro standartlar bilan tanişiş hamda Markaziy Osiyo davlatlarida muhtoj şaxslarga boşpana beriş böyiça joriy amaliyot yuzasidan özaro tajriba almaşiş imkonini tuğdirdi.

Tadbir yakunida barça iştirokçilarga tegişli sertifikatlar taqdim etildi hamda bunday öquv tadbirlarini kelgusida ham davom ettirişga kelişib olindi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 26.10.2026 Ko'rishlar 201
Ulashish