Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Samarqand nigohi – 2040» BMT Boş Assambleyasining rasmiy hujjati deb e’lon qilindi

2026-yil-28-29-sentyabr-kunlari mamlakatimizda bölib ötgan Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumining «Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölidagi global hamkorlik» nomli yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati (A/81/444) sifatida qabul qilindi. Hujjat BMTning 6 ta rasmiy tilida e’lon qilindi.

Yakuniy hujjat muqaddima, olti bölim va 24 banddan iborat bölib, uning ijrosi uçun “Yöl xaritasi” ilova qilingan. Muqaddimada Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktlarning-60-yilligi, Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning-40-yilligi hamda Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyaning-20-yilligi sanalarining muhim ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Hujjatda 1993 yilgi Vena deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi,-2030-yilgaça bölgan davrda Barqaror rivojlaniş sohasidagi kun tartibi va 2024 yilgi Kelajak uçun paktga havola qilingan.

Hujjatda oltita rahbariy tamoyil belgilangan bölib, u töqqizta ustuvor yönaliş böyiça çaqiriqlarni öz içiga oladi. Bu örinda, xususan, xalqaro şartnomalarni milliy darajada amalga oşiriş, rivojlaniş huquqi va ijtimoiy adolat, inklyuziv jamiyat, demografik özgarişlar va avlodlar birdamligi, ayollar huquqlari va iqlim adolati, raqamli muhit va sun’iy intellekt, atrof-muhit va iqlim özgarişi, fuqarolik mavjud emasligining oldini oliş, tinçlik, xavfsizlik va xalqaro gumanitar huquq yönalişlari haqida söz bormoqda.

Hujjatda-2040-yilga qadar fuqarolik mavjud emasligi holatlarini sezilarli darajada qisqartirişga intiliş, Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy oqibatlariga e’tibor qaratiş talablari aks etgan. Markaziy Osiyo uçun «Ayollar, tinçlik va xavfsizlik» kun tartibini amalga oşiriş böyiça birinçi Mintaqaviy harakatlar rejasi işlab çiqilgani olqişlangan.

Hujjatda Özbekistonning 2027–2029-yillarda-Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişi hamda-2031-yilda Özbekistonda Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov böyiça BMTning XVI Kongressi ötkazilişi töğrisidagi qaror ma’qullangan.

Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi iştirokçilari BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissarining “Inson huquqlari böyiça global alyans” taşkil etiş taşabbusini qöllab-quvvatladi.

Iştirokçilar Samarqand forumini doimiy xalqaro muloqot maydoniga aylantiriş va Xalqaro paktlarni amalga oşiriş böyiça Samarqand raqamli hamkorlik platformasini yaratiş taşabbusini ilgari surdi.

Hujjatga ilova qilingan yöl xaritasi 8 ta tadbirni öz içiga oladi va indikativ hamda ixtiyoriy xususiyatga ega. Unga köra,-2027-yilda ustuvor yönalişlar böyiça körsatkiçlar tizimi işlab çiqiladi va raqamli platforma konsepsiyasi yuzasidan maslahatlaşuvlar ötkaziladi.

Şuningdek, 2027–2030-yillarda-hujjat qoidalarini milliy strategiya va harakat dasturlariga kiritiş,-2028-yilda taraqqiyotning birinçi ixtiyoriy şarhini ötkaziş,-2030-yilda hujjat bilan Barqaror rivojlaniş maqsadlari örtasidagi boğliqlikni tahlil qiliş közda tutilgan.

2036-yilda-Xalqaro paktlarning-70-yilligi, Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning-50-yilligi va Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyaning-30-yilligi munosabati bilan yubiley şarhi,öz navbatida,- 2040-yilda yakuniy ixtiyoriy şarh ötkaziladi.

Yakuniy hujjatning bir qator tadbirlari böyiça ijroçi sifatida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi belgilangan.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 29.10.2026 Ko'rishlar 283
Ulashish