Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yangi Özbekistonning xalqaro maydondagi yana bir öziga xos yutuği

Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumining «Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölidagi global hamkorlik» nomli yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati maqomiga ega böldi.

Bunday tahsinga sazovor voqea, bir tomondan, “Samarqand ruhi”ning navbatdagi xalqaro e’tirofi bölsa, ikkinçi tomondan, Samarqand forumining yakuniy hujjatida aks etgan dolzarb vazifalarni bajariş imkoniyatlarini tubdan kengaytirişi bilan ğoyat ahamiyatlidir.

BMTning A/81/444-raqamli ayni hujjati nufuzli xalqaro taşkilot iş olib boradigan  6 ta rasmiy tilga ögirildi va e’lon qilindi. Bu, öz navbatida, uşbu hujjatning dunyo miqyosida keng tarqalişiga xizmat qiladi.

Mazkur hujjatda inson huquqlari va barqaror rivojlaniş sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning uzoq muddatli yönalişlari, jumladan, xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etiş, tengsizlikni kamaytiriş, inklyuziya va teng imkoniyatlarni ta’minlaş, raqamli va tabiiy muhitda inson huquqlarini himoya qiliş böyiça istiqboldagi dolzarb hamda muhim vazifalar belgilangan.

Hujjat tengsizlikni qisqartiriş, inklyuziya va teng imkoniyatlarni ta’minlaş, raqamli va tabiiy muhitda inson huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etişni nazarda tutadi.

Hujjatda ta’kidlanganidek, biz-2040-yilga borib, xalqaro şartnomalar va universal standartlarda mustahkamlangan inson huquqlari har bir insonning kundalik hayotida samarali hurmat qilinadigan, himoya qilinadigan va amalga oşiriladigan dunyo sari yanada sezilarli taraqqiyotni körişga intilamiz.

Şu munosabat bilan xalqaro inson huquqlari tizimi universallik va tenglik; xalqaro huquq va standartlarni milliy miqyosda joriy etiş; ijtimoiy adolat hamda qaşşoqlik va tengsizlikni kamaytiriş; inklyuzivlik va teng imkoniyatlar; raqamli va tabiiy muhitda inson huquqlarini himoya qiliş; mojaro va inqiroz vaziyatlarida inson qadr-qimmatini himoya qiliş; xalqaro birdamlik va köp tomonlama hamkorlik asosida mustahkamlanişi lozim.

Şuningdek, «Samarqand nigohi – 2040» hujjatining asosiy tamoyillari va ustuvor yönalişlari doirasidagi muhim vazifalar ijrosini monitoring qilib boriş maqsadida indikatorlar tizimini işlab çiqiş, hamkorlik uçun Samarqand raqamli platformasini yaratiş böyiça maslahatlaşuvlar ötkaziş, hujjat qoidalarini milliy strategiyalar va rejalarda hisobga oliş, ixtiyoriy ravişda axborot va tajriba almaşiş közda tutilgan.

Şuni ham ta’kidlaş joizki, Forum iştirokçilari tomonidan «Samarqand nigohi – 2040» hujjatining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tizimidagi barça tegişli organlar va taşkilotlar, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti hamda boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, şuningdek, inson huquqlari böyiça milliy institutlar, fuqarolik jamiyati taşkilotlari va faollari, akademik va ekspert markazlari örtasida tarqatiş taklif etilgandi.

BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasida Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumining yakuniy hujjati yuzasidan qabul qilingan qaror Forum iştirokçilarining bu boradagi taklif va istaklari allaqaçon röyobga çiqayotganidan yorqin dalolatdir.

Fursatdan foydalanib, Forum işi milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, televideniye va radiokanallarda, şuningdek, rasmiy va ijtimoiy media manbalarida keng yoritilganiga oid ayrim dalil va raqamlarni keltirmoqçimiz.

Beşinçi Samarqand forumiga bağişlangan 200 tadan ortiq axborot, şu jumladan, xalqaro ekspertlarning çiqişlari, yuqori darajadagi uçraşuvlar, mavzuli muhokamalar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda erişilgan natijalarga oid materiallar milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida 8 tilda e’lon qilindi.

Jumladan, 9 ta telekörsatuv va 7 ta radioeşittiriş bevosita Forum tafsilotlariga bağişlandi.

Bu borada milliy ommaviy axborot vositalaridan — Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA), «Dunyo» axborot agentligi, «Xalq sözi», «Yangi Özbekiston», «Pravda Vostoka», Gazeta.uz, UzDaily kabi nufuzli naşrlar peşqadam böldi.

Şu bilan birga, Forumni Misrning El-Dameer va Al-Diplomasy, Koreya Respublikasining Korea Post, Turkmanistonning Arzuw NEWS va Turkmenportal, şuningdek, Terra News, Sputnik Uzbekistan singari xorijiy ommaviy axborot vositalari izçil yoritdi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy veb-saytida Forum işining barça tafsilotlariga oid axborotlar özbek, rus va ingliz tillarida  hamda ijtimoiy tarmoqlarda matnli, video va foto axborotlar tezkor tarzida joylaştirib borildi. Forumning ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida brifing taşkil etildi.

 

Ğulom MIRZO,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi

Milliy markazi matbuot xizmatining rahbari

Nashr sanasi 29.10.2026 Ko'rishlar 185
Ulashish