Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Namangan viloyatida sayyor qabullar ötkazildi

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Namangan viloyatining Çust va Pop tumanlarida aholi bilan uçraşuvlar ötkazildi. Uçraşuvlarda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş bölimi mas’ul xodimlari qatnaşdi.

Hamyurtlarimiz bilan jonli muloqotlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining-2018-yil-10-dekabrdagi  qarori talablari va Milliy markazning 2026 yilgi iş rejasi doirasida taşkil etildi.

Uçraşuvlar, xususan, Çust tumani hokimligi, prokuratura, adliya bölimi, kadastr agentligi, qişloq xöjaligi bölimi, Davlat soliq inspeksiyasi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda tuman adliya bölimi binosida va “Olmos”, “Yuqori” hamda “Çust gulzori” mahallalarida ötkazildi.

Yana bir turkum uçraşuvlar Pop tumani hokimligi, prokuraturasi, adliya, kadastr agentligi, arxitektura hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda adliya bölimi binosida, Alişer Navoiy nomidagi, şuningdek, “Birlaşgan” va “Anhor” mahallalarida bölib ötdi.

Muloqotlarda mahalliy, hududiy idoralar vakillari va mas’ul xodimlari hamda 130 nafardan ortiq fuqaro qatnaşdi.

Uçraşuvlarda yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasi, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilikning mohiyati hamda ahamiyati haqida söz bordi.

Ayniqsa, joriy yilning boşida Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştirişga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida kötarilgan dolzarb masalalar va mutasaddi rahbarlarga berilgan topşiriqlar borasida atrofliça fikr yuritildi.

Muloqotlar asnosida murojaatlar bilan işlaşga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlaşga va nazorat qilişga mas’ul idoralar, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati böyiça ham tuşunçalar berildi.

Ayni hududlarda fuqarolar bilan sayyor qabullar ham taşkil etildi. Çust tumanida ötkazilgan sayyor qabulda 57 nafar, Pop tumanidagi sayyor qabulda 73 nafar fuqaro iştirok etdi.

Sayyor qabullarda iştirok etgan jami 130 nafar fuqaroning 68 nafari ijtimoiy, 29 nafari iqtisodiy va 48 nafari boşqa masalalar böyiça öz muammolarini bayon etdi. Ularning ariza va takliflari körib çiqiş uçun qabul qilindi.

Şuningdek, sayyor qabullar jarayonida bir guruh fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Ularga murojaatlarda kötarilgan masalalar yeçimi yuzasidan zarur huquqiy maslahatlar berildi.

 

Dilşod Turğunov,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi

Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş bölimi boş mutaxassisi

Nashr sanasi 02.11.2026 Ko'rishlar 40
Ulashish