O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarorini bajarish yo'lida yana bir muhim amaliy qadam qo'yildi. Shu yil 12 avgustda Vazirlar Mahkamasi “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil qilish to'g'risida”gi qarorni qabul qildi.
Qarorda Markaz zimmasiga inson huquqlari masalalari bo'yicha davlat organlari xodimlarini o'qitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlari va tartibotlarini shakllantirish vazifasi yuklangani ta'kidlanadi. O'quv kurslari shu asosda tashkil etilmoqda.
BMTning 2011 yildagi Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiyaga oid deklaratsiyasida davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar inson huquqlari sohasidagi ta'lim tizimi bilan qamrab olishda birlamchi o'rinda turishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Markaz huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslarining asosiy vazifalarini belgilashda BMT Deklaratsiyasining ushbu muhim tamoyili talablaridan kelib chiqilgan.
O'quv kurslariga o'quv-metodik rahbarlik qilish va bu kurslar faoliyatini tashkil qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Markaz tinglovchilar kontingentini davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmalari bo'yicha boshqaruv xodimlari orasidan shakllantiradi va ularni o'qitish jadvalini tasdiqlaydi.
Ushbu o'quv kursini tashkil etishdan maqsad mamlakatimizdagi davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini milliy qonun hujjatlariga hamda huquqni qo'llash amaliyotiga impelementatsiya qilish usullari va vositalari to'g'risida aniq tushuncha shakllanishiga erishishdir. O'quv kurslarida o'qitish hajmi 36 soatni tashkil etadi.
Hukumat qarori bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslari to'g'risidagi nizom hamda o'quv kurslarida malaka oshirganlik uchun taqdim etiladigan sertifikat namunasi tasdiqlandi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 14.08.2019
- Ko'rishlar: 6207
- Chop etish