Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari tantanali kutib olindi

O‘zbekistonning yosh sportchi qahramonlari – Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari. O‘zbekiston sport delegatsiyasi aʼzolari katta iftixor va quvonch bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva g‘olib sportchilarimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Yosh sportchilar sport maydonida munosib ishtirok etdi hamda Prezidentimz va xalqimiz bildirgan yuksak ishonchni oqlab, musobaqalar natijalariga asosan 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa O‘zbekiston sport delegatsiyasi jamoa hisobida Osiyo qitʼasida 1-o‘rinni egallab, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Tantanali marosimda yosh sportchilarning irodasi, matonati va Vatanga sadoqati alohida eʼtirof etildi. Ular mamlakat yoshlari uchun haqiqiy ibrat namunasi ekani taʼkidlandi. G‘oliblarga kelgusidagi musobaqalarda yana-da ulkan zafarlarga erishish tilaklari bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Nashr sanasi 15.12.2025 Ko'rishlar 2 558
Ulashish