Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

15 million o‘smir elektron sigaret chekadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning yangi hisobotiga ko‘ra, 13–15 yoshli o‘smirlar orasida elektron sigaret va veyping iste’molchilari soni 15 millionga yetgan. Shuningdek, 15 yoshdan katta 86 million kishi muntazam ravishda elektron sigaret chekadi. Bu kattalar orasida 1,9 foizni, jumladan erkaklarning 2,3 foizi va ayollarning 1,5 foizini tashkil etadi.

JSST mutaxassislari ogohlantirishicha, elektron sigaretlar “kamroq zararli” mahsulot sifatida targ‘ib qilinayotgan bo‘lsa-da, ular aslida yoshlarni nikotinga erta qaramlikka olib kelmoqda. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 62 ta mamlakat bu borada hali hech qanday chora ko‘rmagan, 74 mamlakatda esa ularni sotib olish uchun minimal yosh chegarasi belgilanmagan.  

Hisobotda qayd etilishicha, 2000 yildan 2024 yilgacha dunyo bo‘yicha tamaki iste’molchilari soni 1,38 milliarddan 1,2 milliardgacha kamaygan. Shunga qaramay, bugungi kunda dunyodagi har beshinchi kattalar hanuz sigaret chekadi. 

Madinabonu Nasriyeva,Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Nashr sanasi 15.10.2025 Ko'rishlar 3 187
Ulashish