Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Buxoroda “Otaboy Eşonov öqişlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi böldi

24 noyabr kuni Buxoro davlat universitetida “Yangi Özbekiston Konstitutsiyasi: zamonaviy konstitutsiyaşunoslik, inson huquqlari va milliy davlatçilik taraqqiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi. Anjuman Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi hamda taniqli huquqşunos olim, akademik Otaboy Eşonov tavalludining 110 yilligiga bağişlandi.

Ilmiy anjuman Buxoro davlat universiteti, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti hamkorligida taşkil etildi.

Konferensiyada asosiy e’tibor yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan örganiş, zamonaviy konstitutsiyaşunoslikning dolzarb masalalarini tahlil qiliş, inson huquq va erkinliklarini ta’minlaşning huquqiy asoslarini takomillaştiriş masalalariga qaratildi. Şuningdek, milliy davlatçilik taraqqiyoti va özbek huquqşunoslik maktabining boy ilmiy merosini çuqur tadqiq etiş alohida diqqat markazida böldi.

Anjumanning oçilişida Buxoro davlat universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, professor Kamoliddin Samiyev oçar ekan, ayni konferensiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va ilmiy hayotida muhim örin tutadigan ikki tarixiy sanaga bağişlanganini alohida ta’kidladi. Şuningdek, mazkur tadbirning ilmiy, ma’rifiy va ma’naviy ahamiyati haqida söz yuritib, konferensiyani taşkil etişda yaqindan hamkorlik qilgan taşkilotlarga minnatdorlik bildirdi.

Konferensiyada Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov sözga çiqib, Buxoroning mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati va milliy davlatçiligi tarixida tutgan örni, buxorolik olim va mutafakkirlarning boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida atrofliça sözladi. Tanqli huquqşunos uşbu qadimiy zaminning ilm-fan va ma’rifat rivojiga qöşgan hissasi, Buxoro ziyolilarining milliy davlatçilik va huquqiy tafakkur taraqqiyotidagi örniga alohida e’tibor qaratdi.

Akademik Otaboy Eşonov singari yetuk huquqşunos olimlarning ilmiy merosini çuqur örganiş, ularning ilmiy an’analarini davom ettiriş va kelajak avlodga yetkaziş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Bu borada ustoz-şogird an’analarini mustahkamlaş, yoş tadqiqotçilarning ilmiy izlanişlarini rağbatlantiriş hamda huquqşunoslik sohasida ilmiy maktablar faoliyatini rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etadi.

Akademik A. Saidov “Otaboy Eşonov öqişlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini har yili an’anaviy tarzda ötkaziş taşabbusini ilgari surdi. Mazkur taşabbus atoqli huquqşunos olimning ilmiy merosini keng örganiş va tarğib etiş, soha olimlari örtasida ilmiy muloqotni rivojlantiriş hamda yoş avlodning huquqiy bilim va tafakkurini yuksaltirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Ta’kidlaş joizki, yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, şa’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan. Özbekistonning huquqiy, ijtimoiy, demokratik va dunyoviy davlat sifatida belgilanişi mamlakatimiz taraqqiyotining konstitutsiyaviy asoslarini yanada mustahkamladi.

Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilişi, davlat organlari faoliyatining inson manfaatlariga xizmat qilişi, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlaşga qaratilgan normalarning mustahkamlanişi zamonaviy konstitutsiyaşunoslik oldiga yangi ilmiy va amaliy vazifalarni qöymoqda. Bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlaş, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, konstitutsiyaviy qadriyatlarni jamiyat hayotiga keng tatbiq etiş borasida ilmiy va ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega.

Şu ma’noda, “Otaboy Eşonov öqişlari” ilmiy anjumanining an’anaviy tarzda ötkazilişi kelgusida milliy huquqşunoslik maktabining boy ilmiy merosini asrab-avaylaş, konstitutsiyaviy huquq va inson huquqlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, olimlar va yoş tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşiş hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlaş uçun samarali ilmiy muloqot maydoniga aylanişi mumkin.

Anjuman yakunida iştirokçilar e’tirof etganlaridek, mazkur konferensiya Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotidagi beqiyos ahamiyatini keng tarğib etiş, inson huquqlari ustuvorligini ta’minlaş, milliy davlatçilik an’analarini çuqur örganiş hamda özbek huquqşunoslik ilmining boy merosini kelajak avlodga yetkazişga qaratilgan muhim ilmiy-ma’rifiy tadbir böldi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 26.11.2026 Ko'rishlar 14
Ulashish