Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Odil sudlovga erişiş – inson huquqi kafolati

Inson huquqi himoyasi faqat qonunda belgilanişi emas, balki har bir fuqaro öz haq-huquqini sud orqali himoya qila olişi bilan ham taʼminlanadi. Sud mustaqilligi, yuridik yordam hamyonbopligi va huquqbuzarlik uçun javobgarlik muqarrarligi ayni jarayonning muhim şartidir. Xalqaro inson huquqi kuni munosabati bilan Toşkentda ötkazilgan anjuman iştirokçilari Özbekistonda odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatini şu nuqtai nazardan muhokama qilişdi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Buyuk Britaniya, Şveysariya va Germaniya elçixonalari hamda BMT Inson huquqi böyiça Oliy komissari boşqarmasining respublikamizdagi vakolatxonasi hamkorligida taşkil etilgan tadbir davlat idoralari, parlament, sud tizimi, fuqarolik jamiyati va xalqaro taşkilotlar vakillarini töpladi.

Yevropa taşqi harakat xizmati Markaziy Osiyo bölimi rahbari Yeva Palatova YEI va Özbekiston şerikligida odil sudlov masalasi muhim örin tutişini taʼkidladi.

– Odil sudlovdan foydalaniş imkoniyati Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim hamda GSP+ tizimi doirasidagi muhim majburiyatdir, – dedi u. – Mazkur qoidaga rioya qilinişi fuqarolar hayotini sezilarli darajada ijobiy tomonga özgartiradi.

BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Mahl islohot natijasi inson öz huquqidan amalda foydalana olişida namoyon bölişini qayd etdi.

– Qabul qilingan qonun yoki taşkil etilgan institut muvaffaqiyat mezoni emas, – deya taʼkidladi BMT vakili. – Eng muhimi, har bir inson moliyaviy ahvoli, jinsi yoki yaşaş joyidan qatʼi nazar, adolatli sud muhokamasidan foydalana olişi, huquqi buzilganda himoya topişi şart.

Şveysariya elçisi Simon Giger 2023-yil oilaviy zöravonlik jinoyat sifatida belgilanişini muhim qadam deb atadi. Uning taʼkidlaşiça, endi asosiy vazifa hujjatning izçil ijrosi va jabrlanuvçining himoyaga erişa olişini taʼminlaşdan iborat.

Buyuk Britaniya elçixonasi muvaqqat işlar vakili Jeyms Rod-Mur esa yuridik xizmat qimmatligi yoki muassasaga murojaat qiliş qiyinligi insonni adolat izlaş imkoniyatidan mahrum etmasligi kerakligiga eʼtibor qaratdi.

Ikki alohida sessiyada sud mustaqilligi, jarayonni kuzatiş, xalqaro inson huquqi standartini milliy amaliyotga tatbiq etiş va ayollarning huquqiy himoyaga erişişi masalalari kötarildi. Xususan, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat taşkilotining yurtimizdagi rahbari Petra Goryup sud monitoringi böyiça xalqaro tajribani taqdim etdi. BMT Xotin-qizlar kamsitilişiga barham beriş qömitasi raisi Nahla Haydar ayollar odil sudlovdan foydalaniş huquqi va davlatlarning bu boradagi majburiyatiga töxtaldi.

Muhokama davomida sud mustaqilligiga erişiş, hamyonbop yuridik yordam oliş, jabrlanuvçini himoya qiliş va sud qarori ijrosini taʼminlaş muhimligi qayd etildi. Tadbir yakunida bildirilgan takliflar asosida zarur tavsiyalar işlab çiqiladi.

Eslatib ötamiz, Xalqaro inson huquqi kuni har yili 10-dekabrda nişonlanadi. 1948-yil şu kuni BMT Boş Assambleyasi Inson huquqi umumjahon deklaratsiyasini qabul qilgan. Uşbu sana inson huquqini eʼtirof etiş va amalda taʼminlaş zaruratini eslatib turadi.

Musulmon Ziyo,

Öktam Hayitov,

ÖzA

Nashr sanasi 26.11.2026 Ko'rishlar 80
Ulashish