21 yosh – ongli oila va mustahkam kelajak poydevori!
Xalqaro tashkilotlar (JSST, YUNISEF) tavsiyalariga binoan, eng maqbul nikoh yoshi 21 yosh hisoblanadi.
"Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda erta nikohlarning oldini olish va nikoh yoshini bosqichma-bosqich oshirishni rag‘batlantiruvchi mutlaqo yangi tizim joriy etilmoqda.
Endilikda voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurishga da’vat etish va buni targ‘ib qilish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.
2026 - yil 1-sentyabrdan boshlab, nikoh yoshi buzilgani haqida xabar bergan shaxslar jarima summasining 15 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Diniy idora vakillari va mahalla faollari erta nikoh holatlari haqida xabar berishga majbur. Aks holda, ularning o‘zlari javobgarlikka tortiladi.
Prezident Farmoni, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi:
2027-yildan boshlab, har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda oila qurgan yosh ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Agar bunday yosh oilalar "Ijtimoiy reyestr"da bo‘lsa, ularga beriladigan subsidiya va grantlar miqdori 1,5 baravarga oshiriladi.
Nikohlanuvchilar uchun maxsus kurslarda "Maishiy zo‘ravonliksiz baxtli hayot" mavzusida bepul o‘quvlar tashkil etiladi.
Ushbu islohotlar yoshlarning iqtisodiy mustaqillikka erishgandan so‘ng oila qurishini ta’minlashga, ajrimlar va oilaviy zo‘ravonliklarni keskin kamaytirishga xizmat qiladi.
Rasmiy axborot
Ўзбекча
English
Русский