Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

ANSO Bosh assambleyasi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyat tarkibida

Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan "Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi" (ANSO)ning IV Bosh assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mazkur tashkilotning eng oliy boshqaruv organi — Boshqaruv kengashi tarkibiga saylandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston fanining xalqaro miqyosdagi nufuzi va ilmiy hamkorlikdagi faol ishtirokiga berilgan yuqori e’tirof sifatida baholanmoqda. Bu xalqaro tanlov mamlakatimizning barqaror rivojlanish, ilmiy bilim almashinuvi va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslariga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi.

Saylov natijalari e’lon qilingach, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Sirojiddin Mirzayev tashkilot a’zolariga bildirgan ishonch uchun minnatdorlik izhor etdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston kelgusida ham Osiyo va boshqa mintaqalarda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish va barqaror kelajak yo‘lida ilmiy-texnologik hamjihatlikni chuqurlashtirish yo‘lida faol hissa qo‘shadi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA

Nashr sanasi 05.11.2025 Ko'rishlar 3 000
Ulashish