Axborot texnologiyalari sohacida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi

Prezidentning “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–371-son, 11.12.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:

  • axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;
  • ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;
  • bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

2027-yil 1-yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:

  • aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida koʻrsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;
  • axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki toʻxtalish holati boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
  • jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor koʻrib chiqilishini tashkil etish.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech