Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Axios: Yer yuzida keksalar soni bolalarnikidan koʻpayib ketdi

Butun dunyoda tugʻilish koʻrsatkichining pasayishi va umr koʻrish davomiyligining ortishi sababli 65 yosh va undan katta yoshdagi odamlar soni tarixda ilk bor besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshib ketdi.

Butun dunyoda tugʻilish koʻrsatkichining pasayishi va umr koʻrish davomiyligining ortishi sababli 65 yosh va undan katta yoshdagi odamlar soni tarixda ilk bor besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshib ketdi, deb xabar berdi Axios.

Nashrning qayd etishicha, global tugʻilishning kamayishi va umr koʻrish davomiyligining oʻsishi mehnatga layoqatli va keksa yoshdagi aholi oʻrtasida shakllangan demografik muvozanatni oʻzgartirmoqda.

Prognozlarga koʻra, 2060-yilga borib 65 yoshdan oshgan fuqarolar soni 2 milliardgacha koʻpayadi. Oʻsha yilga kelib Yer yuzi aholisining umumiy soni 10,23 milliard kishiga etadi.

AQSH Aholini roʻyxatga olish byurosi hisobotida taʼkidlanishicha, 2013-yilda dunyo aholisining 45 foizi tugʻilish koeffitsiyenti aholining tabiiy takror barpo boʻlish darajasida yoki undan past boʻlgan mamlakatlarda yashagan. 2023-yilda bu koʻrsatkich 71 foizgacha oshdi.

Dunyo ushbu marraga demograflar oʻn yil oldin taxmin qilganidan ancha erta erishgani taʼkidlanmoqda.

XS.uz

Nashr sanasi 04.09.2026 Ko'rishlar 20
Ulashish