Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

BMT Bosh kotibi: Biz katta urush yoqasida turibmiz

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharq inqirozining ikkinchi oyi boshlangan bir payt "keng ko‘lamli vayronagarchilik" kuchayib borayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo butun mintaqani qamrab olishi va global miqyosda halokatli oqibatga olib kelishi mumkin bo‘lgan katta urush yoqasida turibdi.

- Bu mojaro allaqachon hamma joyda sezilmoqda, - deydi Bosh kotib. - Biz buni oziq-ovqat va yonilg‘i narxi ko‘tarilishiga duch kelayotgan odamlarning kundalik hayotida, Filippin, Shri-Lanka, Mozambik va boshqa yurtlarda ko‘ryapmiz. Nizo shunchaki hal etilmaydi, faqat yetakchilar vayronagarchilik o‘rniga muloqotni tanlaganlaridagina tugaydi. To‘g‘ri tanlov bor va bu darhol amalga oshirilishi kerak.

Payshanba kuni Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatlasharkan, Guterrish "inqirozdan tinch yo‘l bilan chiqish yo‘lini topish"ga qaratilgan diplomatik sa’y-harakat zaruratini yana bir bor ta’kidladi.

- Tomonlar bilan yaqin aloqadamiz, yechim topishni osonlashtirish uchun elchi Jan Arnoni mintaqaga yuboryapmiz, - deya ta’kidladi mulozim.
Bosh kotib Qo‘shma Shtatlar va Isroilni urushni to‘xtatish, Eronni esa qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka chaqirdi.

G.Sattorova, O‘zA

Nashr sanasi 06.04.2026 Ko'rishlar 1 794
Ulashish