Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Huquq-tartibot idoralari faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.

Bu idoralarning yopiq holatda ishlashi ularni o‘ziga ham, jamoatchilikka ham foyda keltirmasligi, sohada o‘zgarish, rivojlanish bo‘lmasligi ta’kidlandi.   

Butun dunyoda huquq-tartibot faoliyati va qonuniylikni ta’minlashga javob beradigan adliya tizimi eskicha ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Endi adliya tizimini ham kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.  

Bu borada birinchi qadam sifatida Adliya vazirligi tomonidan huquq-tartibot idoralarining faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining aniq roli, yangi vazifa va vakolatlari belgilanadi.   

– Biz Toshkent shahrida jinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim qilyapmiz. Shu bois, poytaxtga respublikadan biriktirilgan mas’ullar tumanga tushganda majlisbozlik bilan shug‘ullanmasdan, aholi muammolarini eshitishi, yuqoridagi masalalar bo‘yicha yangi tajribalar qilib, natija ko‘rsatishi shart, – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.   

Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA

Nashr sanasi 27.01.2026 Ko'rishlar 2 599
Ulashish