Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

2025 yil 3 noyabrda “Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi. Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:

— adabiyot;

— madaniy meros;

— teatr va kino;

— musiqa va raqs;

— tasviriy va amaliy san’at;

— moda va dizayn;

— ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.

Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarga xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

O‘zA

Nashr sanasi 05.11.2025 Ko'rishlar 2 937
Ulashish