Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi (F-60-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi.

 

Farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.

 

Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi, jumladan:

  • yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat kabi ezgu g‘oyalarning amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z aksini topayotganini ko‘rsatib berish;

  • “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish;

  • Konstitutsiya bayrami arafasida ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslarini atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazish.

Huquqiy axborot

Nashr sanasi 21.11.2025 Ko'rishlar 3 018
Ulashish